"Klyukva sharbati" yulduzi Sila Turko‘g‘lu dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Har yili Netizens Choice jurnali dunyoning eng go‘zal ayollari reytingini tuzadi. Avval ovoz berish ishtirokchilarining nomlari e’lon qilinadi, keyin har bir istagan kishi o‘z tanlovini amalga oshirishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, bu safar ovoz berishda g‘olib bo‘lganlar o‘ntaligiga bir yo‘la beshta turkiyalik aktrisa kirdi.
Turkiyaning “Klyukva sharbati” seriali yulduzi Sila Turko‘g‘li 2025-yilda yashayotgan dunyoning eng go‘zal ayollari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Doa rolini ijro etgan aktrisaning go‘zalligi va mahorati jamoatchilikni maftun etdi.
Ikkinchi o‘rinni ilgari “Qonli gullar” serialida suratga tushgan yosh turdizi yulduzi Yag‘mur Yuksel egalladi.
“Shamolli tepalik” seriali tufayli tanilgan Jemre Arda reytingning beshinchi pog‘onasini, “Tungi ertak” yulduzi Su Burju Joshkun esa oltinchi o‘rinni band etdi. Hande Erchel ham kuchli o‘ntalikka kirdi, biroq turdizi yulduzi bu safar reytingning faqat yettinchi pog‘onasini egalladi.
Netizens Choice nashri ma’lum qilishicha, bu safar mashhurlarning nafaqat tashqi go‘zalligi, balki ularning ta’siri va obro‘si ham baholangan. Ko‘plab turdizi muxlislari bunday ovoz berish natijalaridan mamnun qolishdi, ayniqsa, bu safar bir nechta yosh turdizi yulduzlari g‘olib bo‘lgani ularga alohida mamnuniyat bag‘ishladi.