Burak O‘zchivit "Hukmdor Usmon" serialini tark etdi

“Hukmdor Usmon” nomli hozirda mashhur turk seriali muxlislari uchun kutilmagan e’lon qilindi. Kuzda loyiha yettinchi (yakuniy) mavsum bilan ekranlarga qaytishi va serialdagi voqealar Burak O‘zchivit ijro etgan Usmon G‘ozi hukmronlik davrining yakunini ko‘rsatishi lozim edi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, turk aktyori va prodyuserlar jamoasi kelishuvga erisha olmagan.
Burak O‘zchivit Turkiyaning “Hukmdor Usmon” serialining yettinchi mavsumida suratga tushmaydi. Ma’lumotga koʻra, turk aktyori haddan tashqari yuqori gonorar so‘ragan — u har bir seriya uchun to‘rt million turk lirasi to‘lanishini talab qilgan. Biroq prodyuserlar bu talabni rad etishgan va aktyor bilan shartnoma uzaytirilmagan. Bu haqda Birsen Altuntash ma’lum qilmoqda.
Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, mashhur serial tomoshabinlarini voqealar rivojida vaqt o‘zgarishi — ya’ni vaqt bo‘yicha sakrash kutmoqda. Yettinchi mavsumning birinchi qismida ular keksa Usmon-beyni ko‘radilar, keyin serialdagi voqealar O‘rxonning hukmronlik davri haqida hikoya qila boshlaydi. Bunda turkiyalik jurnalistning aytishicha, Ozge Torer (Bala-xotun) serialda suratga olishni davom ettiradi.
Hozirda O‘rxon rolini ijro etadigan aktyor uchun faol kasting o‘tkazilmoqda, chunki Emre-bey allaqachon loyiha bilan xayrlashgan. Prodyuserlar Mert Yazijio‘g‘li, Murot Yunalmish va Ibrohim Chelikkolni asosiy nomzodlar sifatida ko‘rib chiqishmoqda. Keksa Usmon-beyni aynan kim o‘ynashi ham hali noma’lum.