Maryam Tillayeva Massa bilan duet kuyladi

E’lon qilingan sana· 396
Maryam Tillayeva Massa bilan duet kuyladi

Bloger Maryam Tillayeva (birinchi prezident Islom Karimovning nabirasi, Lola Karimova-Tillayevaning qizi) ilk marta oʻzbek tilida qoʻshiq kuyladi. U reper Massa bilan “Cash” nomli duet e’lon qildi.

Instagram’da “Mashatilly” nomi bilan ijod qilgan bloger oʻzbek shou biznesiga Masha Tilla nomi bilan kirishga qaror qilgan. Ushbu qoʻshiq matni muallifi kim ekani ma’lum emas.

Klipning ilk sahnasida Maryam oʻzining turmush oʻrtogʻi bilan koʻrinish beradi.

Ushbu klipda 50Centning “In Da Club” qoʻshigʻiga ham ishora bor. Massa teskari holatda kadrda paydo boʻladi — bu amerikalik reperning klipida ham bor. Ushbu referens Massaning ortidagi ekranda ham koʻrsatilgan.

Klipda, shuningdek, Sanjik nomi bilan mashhur biznesmen Sanjar Karimov ham ishtirok etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling