Alibek Kabduraxmonov Alisher Navoiy nomidagi DAKT direktori etib tayinlandi

E’lon qilingan sana· 183
Alibek Kabduraxmonov Alisher Navoiy nomidagi DAKT direktori etib tayinlandi

Alibek Kabduraxmonov Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xabar berdi.

Qayd etilishicha, 29-iyul kuni Madaniyat vazirligi binosida vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilish davomida teatrning avvalgi direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Alibek Kabduraxmonov yangi direktor etib tayinlangan e’lon qilingan.

Alibek Kabduraxmonov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini zarbli cholg‘ular mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shuningdek, u Milliy simfonik orkestrining dirijyori hisoblanadi.

Avvalroq 2023-yilning yanvar oyida dirijyor Afisha.uz'ga intervyu bergandi. Uni quyida tomosha qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling