"Uzbek connection": Abbos Fayzulloyev Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi futbolchisiga aylandi
E’lon qilingan sana: · 1 074

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzulloyev Rossiyaning “SSKA” klubidan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga koʻchib oʻtdi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Fayzulloyev turk klubida 11-raqamda harakat qiladi. Transfer e’lon qilingan videorolikda Eldor Shomurodovni ham koʻrish mumkin. Avvalroq u ham “Roma"dan “Istanbul Bashakshehir"ga kelib qoʻshilgandi.
Fayzulloyev 2023-yilning avgustida “Paxtakor"dan “SSKA"ga koʻchib oʻtgandi. U armiyachilar safida 72 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.