Dua Lipa Kosovo prezidenti farmoni bilan mamlakat fuqaroligini oldi

E’lon qilingan sana· 265
Dua Lipa Kosovo prezidenti farmoni bilan mamlakat fuqaroligini oldi

Xonanda Dua Lipa qisman tan olingan Kosovo davlati prezidenti Vyosha Osmani farmoni bilan mamlakat fuqaroligini oldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Qoʻshiqchi oʻz Instagram sahifasida Kosovo fuaqroligi berilgani uchun “aql bovar qilmaydigan darajada minnatdorchilik his qilayotganini” yozgan. Shuningdek, Osmani Lipaga fuqarolik sertifikatini topshirgani aks etgan suratni e’lon qildi.

“Dua Kosovo uchun, yoshlarimiz uchun, san’atimiz va mamlakatimizning xalqaro imiji uchun qilgan va qilayotgan barcha ishlari uchun cheksiz minnatdormiz. Dua, Kosovo har doim sen bilan faxrlanadi”, — deb yozdi prezident.

Xonanda Londonda kosovo-alban oilasida dunyoga kelgan. 2008-yilda mamlakat mustaqilligi e’lon qilingach, Dua Lipa oilasi bilan Kosovo poytaxti Prishtinaga qaytadi. Bu vaqtda qoʻshiqchi 11 yoshda edi. Keyinroq 15 yoshida Lipa yana Londonga jo‘naydi.

Ma’lumot uchun, oldinroq 2022-yil noyabr oyida Albaniya prezidenti Bayram Begay tomonidan qo‘shiqchiga bu mamlakat fuqaroligi ham berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling