OAV: rejissyor Frensis Ford Koppola Rimda kasalxonaga yotqizildi

E’lon qilingan sana· 985
OAV: rejissyor Frensis Ford Koppola Rimda kasalxonaga yotqizildi

“Choʻqintirgan ota” filmi rejissyori Frensis Ford Koppola Rimda shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda Ansa agentligi. Rejissorning sog‘lig‘i haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Qayd etilishicha, rejissyor Rimning “Tor Vergata” kasalxonasiga yotqizilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Koppolla yozni Italiyada oʻtkazmoqda. Yaqinda u Kalabriyada bo‘lib, u yerda Magna Grecia festivalida o‘zining yangi “Megalopolis” filmini taqdim etgan.

“Yoshlar menga dunyo qiyinchilikda ekanligini aytishadi. Lekin men insoniyat har qanday qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonaman. Biz yangi buyuk kelajakni birgalikda, farzandlarimiz uchun qurishimiz kerak”, — degan edi muxlislar bilan uchrashuvda rejissyor.

Bundan tashqari, u kuzda suratga olinishi rejalashtirilgan navbatdagi loyiha uchun mos joylarni qidirayotgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling