Ed Shiranning yangi klipida Garri Potter qahramoni Ron Uizli qaytdi
E’lon qilingan sana: · 2 625

Ingliz pop yulduzi Ed Shiran o‘zining “A Little More” nomli yangi klipi orqali muxlislarini xayratda qodirdi — unda “Garri Potter” yulduzi Rupert Grint ishtirok etdi. Bu klip 2011-yilda suratga olingan “Lego House” klipining o‘ziga xos davomidir. Bu safar esa syujet yanada kulgili.
Syujet bo‘yicha, Rupert Grint 14 yildan soʻng qamoqdan chiqqan sobiq stalker bo‘lib, hozirda o‘z g‘alati xotiralaridan halos bo‘lishga harakat qiladi. Ammo bu unchalik ham oson emas — u atrofida har xil obrazlardagi Ed Shiranlar paydo bo‘la boshlaydi: it sayr qildiruvchidan to kelinchakkacha!
Klip 250 dan ortiq kostyumlar bilan suratga olingan bo‘lib, ular ekologik tamoyillarga amal qilgan holda faqat “second hand” do‘konlari va platformalardan xarid qilingan.