Makoley Kalkin "Uyda yolgʻiz" filmlarining qaysi biri koʻproq yoqishini aytdi

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmlar seriyasidagi sevimli sevimli qismi qaysi ekanini aytdi. Hot Ones shousida aktyor birinchi qismdan koʻra “Uyda yolg‘iz 2” filmi afzal ko‘rishini ta’kidladi.
“Ikkinchi film uchun menga ko‘proq haq to‘lashgan. Menimcha, sof sotuvning 5 foizi va filmdagi barcha tovarlar sotuvining 15 foizi menga tegishli. Agar siz Talkboy’ni (filmda Kevin Makkallister foydalangan kassetali diktofon) sotib olsangiz, uning 15 foizi menga keladi”, — deya hazillashgan Kalkin.
“Uyda yolg‘iz"ning birinchi qismi 1990-yilda, ikkinchisi esa 1992-yilda premyera qilingan. Kalkin filmning birinchi qismi uchun 110 ming dollar, davomi uchun 4,5 million dollar gonorar oldi.
Avvalroq Makoley Kalkin otasi bilan o‘ttiz yildan ortiq gaplashmaganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, otasi unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan, bu esa munosabatlarning uzilishiga olib kelgan.
Oldinroq Makoley Kalkin “Uyda yolgʻiz” filmi suratga olingan uyni sotib olmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgandi.