Taylor Svift yangi albomini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 99

Dunyo yulduzi Taylor Svift yangi erasi boshlangani munosabati bilan o‘zining navbatdagi — “The Life of a Showgirl” nomli 12-albomini oʻzining rasmiy saytida e’lon qildi. Saytda oldindan buyurtmalar berish ochildi, biroq rasmiy chiqish sanasi hali ma’lum emas.
Shuningdek, Svift ijtimoiy tarmoqlarida profil rasmini yashil fonda apelsin rangdagi qulf suratiga o‘zgartirildi — bu dizayn saytdagi muqova o‘rnida ham ishlatilgan. Oldindan buyurtma berilgan vinil, kasset va CD versiyalari 13-oktabrdan oldin jo‘natilishi rejalashtirilgan boʻlsa ham bu sana reliz kuni emasligi ta’kidlangan.