Kanye Uest haqidagi hujjatli filmning ilk tizeri chiqdi

Reper Kanye Uest haqida suratga olingan “Kimning nomi bilan?” hujjatli filmining birinchi tizeri chiqdi.
Kartina Nikolas Ballesteros tomonidan suratga olingan. U olti yil davomida Uestning hayotini kuniga 15 soat davomida iPhone’da suratga olgan, deyiladi xabarda. Nikolas o‘n sakkiz yoshida loyiha ustida ishlay boshlagan.
Natijada 3 ming soatga yaqin material to‘plangan. Hujjatli filmni AMSI Entertainment kompaniyasi 19-sentyabr kuni AMC, Regal va Cinemark kinoteatrlar tarmog‘i bilan hamkorlikda ekranlarga chiqaradi.
“Bipolyar buzilish, omadsiz nikoh, homiylarning g‘oyib bo‘lishi va jamoatchilikning o‘sib borayotgan salbiy munosabatiga duch kelgan Ye milliard dollarlik brend va qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik ziddiyatli shaxsiyat bilan yashay boshlaydi”, — deyiladi loyiha materiallarida.
Ta’kidlanishicha, filmning byudjeti 1 milliard dollarni tashkil etgan. Film syujeti Kanye Uestning qanday qilib Amerika tarixidagi eng boy qora tanli odamga aylangani haqida hikoya qiladi.