Britaniyalik aktyor va yozuvchi Terens Stemp 87 yoshida vafot etdi

Taniqli britaniyalik aktyor va bir qator kitoblar muallifi Terens Stemp 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Terens “Teorema”, “Supermen” (1978), “Uoll-strit”, “Ingliz”, “Xo‘jayinning qizi”, “Har doim „Ha“ deng”, “Yulduzlar jangi” filmlarida rol o‘ynagan. Uilyam Uayler, Federiko Fellini, Jon Shlezinger, Jorj Lukas, Stiven Soderberg kabi rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan. Bundan tashqari, u “Halo 3” va “The Elder Scrolls IV: Oblivion” video o‘yinlariga ovoz bergan.
“U aktyor sifatida ham, yozuvchi sifatida ham yana uzoq yillar davomida odamlarni ta’sirlantirish va ilhomlantirishda davom etadigan meros qoldirdi”, — deydi aktyorning oila a’zolari.
Terens 1938-yil 22-iyulda Londonda tug‘ilgan va “Uzun, qisqa va baland”, “Alfi!”, “Drakula” va “Dengizdan kelgan xonim” kabi spektakllarda sahnaga chiqqan. Kann kinofestivali, “Oltin globus” va boshqa mukofotlar sovrindori hamda “Oskar"ga nomzod boʻlgan.