Xamdam Sobirovning "Altingul" nomli yangi klipi premyerasi e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 434

Xonanda Xamdam Sobirov o‘zining Instagram sahifasida yangi “Atirgul” nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan klip premyerasi haqida xabar berdi. Klip hind yigiti va qozoq qizi o‘rtasidagi sevgi hikoyasiga bag‘ishlangan. Qoʻshiq 22-avgust kuni xonandaning YouTube kanalida premyera qilinadi.
So‘nggi yillarda Xamdam Sobirov o‘zining ko‘plab xit qo‘shiqlari bilan keng auditoriya e’tiborini jalb qilmoqda. “Janze”, “Malohat”, “Nazira Xolbo‘tayeva”, “Yomg‘irlar” kabi qo‘shiqlari yuzlab million marotaba ko‘rishlar soniga erishgan.
“NevoMusic” ma’lumotlariga ko‘ra, xonandaning barcha kliplari umumiy hisobda 5 milliarddan ortiq ko‘rilgan.