Madina Kasimbayeva "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi. Kashtachi, “Suzani by Kasimbaeva” brendi asoschisi Madina Kasimbayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Kasimbayeva Madina Anvarovna — Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, u Toshkent kashtado‘zlik an’analariga qayta hayot baxsh etgan so‘zana ustasi sifatida ham tanilgan.
Hunarmand tikkan choponlarni siyosat olamidagi ayollar, xususan, O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno — Basso, Ilon Maskning onasi, model Mey Mask va boshqalarning egnida ham ko‘rish mumkin.
Afisha.uz Madina Kasimbayeva bilan katta intervyu uyushtirgan edi.