Anonim milliarder "Titanik" kemasi vayronalariga tushish uchun 10 mln dollar toʻlaydi

E’lon qilingan sana· 480
Anonim milliarder "Titanik" kemasi vayronalariga tushish uchun 10 mln dollar toʻlaydi

Noma’lum milliarder “Titan” batiskafi fojiasidan ikki yil o‘tib, “Titanik” kemasi vayronalari ostiga tushishga qaror qildi. Sho‘ng‘ish uchun u 10 mln dollar to‘laydi, deya xabar bermoqda New York Post.

Milliarder 2023-yildagi voqeadan keyin “Titanik"da bo‘lgan birinchi odam bo‘lishni xohlamoqda. Ekspeditsiya bir-ikki haftadan keyin boshlanishi mumkin. Milliarderning ismi sir saqlanmoqda. NYP manbasining ta’kidlashicha, uni ko‘pchilik taniydi.

2023-yil iyun oyida sayyohlarni cho‘kib ketgan afsonaviy “Titanik” kemasi vayronalari tomon olib ketayotgan “Titan” batiskafi bilan bog‘liq fojia yuz bergandi. Suv osti kemasi bilan aloqa 1 soat 45 daqiqa o‘tgach uzilgan. Shundan so‘ng uchinchi kuni AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati suvda beshta yirik kema qoldiqlarini topganini ma’lum qilgan. U portlab, barcha yo‘lovchilarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Kema bortida besh kishi bo‘lgan, ular orasida 58 yoshli milliarder Xemish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud, uning 19 yoshli o‘g‘li Sulaymon va tadqiqotchi Pol-Anri Narjole bo‘lgan. Suv osti kemasini OceanGate kompaniyasi asoschisi Stokton Rash boshqargan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling