Lana Del Rey “Stove” nomli albomini e’lon qildi: yangi era boshlanmoqda

E’lon qilingan sana· 255
Lana Del Rey “Stove” nomli albomini e’lon qildi: yangi era boshlanmoqda

Pop musiqadagi romantik kayfiyati va estetik lirikasi bilan millionlab muxlislarni o‘ziga rom etgan Lana Del Rey endi boshqa yo‘nalish, “country” olamiga yangi albomi bilan kirib kelmoqda. W nashriyotiga koʻra, qoʻshiqchi navbatdagi albomini “Stove” (Gaz plitasi) deb nomlashga qaror qilgan va bu Del Reyning yangi erasini ifodalaydi.

Avvaliga “Lasso”, keyin “The Right Person Will Stay “deb atalgan ushbu albom chiqish sanasi bir necha marta ko‘chirilgan. Endi esa yakuniy sarlavha “Stove” va 2026-yil yanvar oxiri reliz qilishini mumkin. Kechikish sababi ham oddiy: Lana yozgan qo‘shiqlar o‘zi kutgandan ko‘ra shaxsiyroq bo‘lib chiqqan, shu bois u albomga yana olti qo‘shiq qo‘shgan.

Yangi albomni kutayotganlar uchun ikkita singl allaqachon taqdim etilgan. Bular:

  • “Henry, Come On”
  • “Bluebird”

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling