Italiyalik modelyer Jorjo Armani vafot etdi

E’lon qilingan sana· 253
Italiyalik modelyer Jorjo Armani vafot etdi

Italiyalik tadbirkor va modelyer, Armani kompaniyasi asoschisi Jorjo Armani 91 yoshida vafot etdi.

Jorjo Armani 1934-yilda Italiyaning Pyachensa shahrida tug‘ilgan. Dastlab u tibbiyotni o‘rgangan, ammo La Rinascente do‘konida ishlashni boshlagan va moda bilan shugʻullanishni tanlagan.

U 1975-yilda Serjio Galeotti bilan birgalikda o‘zining Giorgio Armani brendini yaratgan. Brendni moda sanoatining jahon yetakchilariga olib chiqdi. Biznesni parfyumeriya, aksessuarlar, mehmonxonalar va restoranlarga kengaytirdi. Gollivud bilan hamkorlik qilgan, uning liboslari kinoda kultga aylangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling