Konor MakGregor Irlandiya prezidentligi uchun nomzodini qoʻyishini ma'lum qildi

E’lon qilingan sana· 382
Konor MakGregor Irlandiya prezidentligi uchun nomzodini qoʻyishini ma'lum qildi

Konor MakGregor o‘z tarafdorlaridan Irlandiya prezidentligi uchun kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Buning uchun MMA jangchisi graflikning mahalliy maslahatchilari bilan bog‘lanib, MakGregor nomzodini ilgari surishga chaqirdi.

Dublindagi hukumat binosi yonida yozib olingan rolikda sportchi Irlandiya parlamentini tanqid qilib, deputatlar “xalqning ishonchini oqlamayotganini” aytgan.

“Irlandiyada uysiz bolalar soni misli ko‘rilmagan darajaga yetdi, bu shuni isbotlaydiki, hukumat Irlandiyaning barcha bolalari qadrli bo‘lishi kerakligi haqidagi deklaratsiyamizga rioya qilish va hurmat qilishdan bosh tortmoqda. Buning o‘rniga bolalarimiz tashlab ketilyapti”, — dedi u.

Keyin esa sobiq UFC chempioni mamlakatning migratsiya siyosatini yana bir bor tanqid qildi. “Kelajak avlodlarga tahdid soladigan bu layoqatsiz siyosat sabab ommaviy migratsiyaning kuchli oqimi allaqachon vayron bo‘lgan tizimga keladi. Turizmimiz keskin tushib ketdi, ko‘chalarda xavf darajasi oshdi”.

MakGregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish rejalari haqida birinchi marta 2025-yil mart oyida ma’lum qilgan edi. CNN’ning qayd etishicha, muhojirlarga qarshi pozitsiyani egallagan jangchi so‘nggi yillarda Irlandiyaning ultra o‘ng kuchlari yetakchisiga aylangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling