Lady Gaga, Rosé, Ariana Grande: VMA g‘oliblari e’lon qilindi

Nyu-York shahrida 7-sentabr kuni yilning eng kutilgan musiqiy voqealaridan biri MTV Video Music Awards 2025 marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda yilning eng yorqin yulduzlari taqdirlandi.
Bosh mukofot “Yil videosi” Ariana Grandening qoʻshigʻiga ishlangan “Brighter Days Ahead” uchun nasib etdi. Umumiy hisobda, Grande marosimdan uchta haykalcha bilan qaytdi.
Lady Gaga kechaning eng katta g‘olibiga aylandi. U jami to‘rt mukofotga ega chiqdi, “Yil ijodkori” nominatsiyasi shular jumlasidandir. Madison Squaerdagi konserti sababli Gaga mukofotni olgach, sahnada uzoq qolmadi. Uning “Abracadabra” va “The Dead Dance” qo‘shiqlari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri VMA efirida namoyish qilindi.
Sabrina Carpenter ham uchta “Moon Man” haykalchasiga ega chiqdi, shu jumladan “Yil albomi” mukofotini “Short n' Sweet “albomi uchun qo‘lga kiritdi.
“Yil qo‘shig‘i” deb Rosé va Bruno Mars ijro etgan “Apt.” qoʻshigʻi taqdirlandi. “Eng yaxshi guruh” nominatsiyasi Blackpink’ga nasib etdi, “Eng yaxshi kollaboratsiya” mukofoti esa Lady Gaga va Bruno Mars ijrosidagi “Die With a Smile” qo‘shig‘iga topshirildi.
Bu yilgi VMA’da ilk bor ikki yangi nominatsiya ham taqdim etildi: “Best Pop Artist” va “Best Country Video.”
Eng yirik g‘oliblar:
-
Lady Gaga — 4 ta mukofot:
-
“Yil Ijodkori” (Artist of the Year)
-
“Eng yaxshi badiiy ishlanma” (Best Art Direction — Abracadabra)
-
“Eng yaxshi rejissyorlik ishi” (Best Direction — Abracadabra)
-
“Eng yaxshi kollaboratisya” (Best Collaboration — Die With a Smile — Bruno Mars bilan)
-
-
Ariana Grande — 3 ta mukofot:
-
“Yil videosi” (Video of the Year — Brighter Days Ahead)
-
“Eng yaxshi uzun formatdagi video” (Best Longform Video — Brighter Days Ahead)
-
“Eng yaxshi pop-video” (Best Pop — Brighter Days Ahead)
-
-
Sabrina Karpenter — 3 ta mukofot:
-
“Eng yaxshi pop-ijrochi” (Best Pop Artist)
-
“Eng yaxshi albom” (Album of the Year — Short n' Sweet)
-
“Eng yaxshi vizual effect” (Best Visual Effects — Manchild)
-
Boshqa nominatsiyalar boʻyicha g‘oliblar:
- Yil qo‘shig‘i — Rosé va Bruno Mars “Apt.”
- Eng yaxshi guruh — Blackpink
- Eng yaxshi k-pop-video — Lisa ft. Doja Cat & Raye “Born Again”
- Eng yaxshi yangi ijrochi — Alex Warren
- Yilning eng yaxshi chiqishi (MTV Push Performance of the Year) — Katseye “Touch”
- Eng yaxshi hip-hop-video — Doechii “Anxiety”
- Eng yaxshi R’n’B-video — Mariah Carey “Type Dangerous”
- Eng yaxshi alternativ video — Sombr “Back to Friends”
- Eng yaxshi rok-video — Coldplay “All My Love”
- Eng yaxshi latin-video — Shakira “Soltera”
- Eng yaxshi afrobeats-video — Tyla “Push 2 Start”
- Eng yaxshi kantri-video — Megan Moroni “Am I Okay?”
- Eng yaxshi g‘oya bilan video — Charli XCX va Billie Eilish “Guess”
- Eng yaxshi operatorlik ishi — Kendrick Lamar “Not Like Us” (operator Xiaolong Liu)
- Eng yaxshi montaj — Tate McRae “Just Keep Watching” (montaj William Town va Modern Post)
- Eng yaxshi xoreografiya — Doechii “Anxiety” (xoreograf Robby Blue)
- Yilning eng yaxshi yozgi qo‘shig‘i — Tate McRae “Just Keep Watching”