Dunyoning eng boy odami oʻzgardi. Ilon Mask bu maqomni boy berdi

E’lon qilingan sana· 69
Dunyoning eng boy odami oʻzgardi. Ilon Mask bu maqomni boy berdi

Oracle kompaniyasi rahbari Larri Ellison Ilon Maskni ortda qoldirib, birinchi marta dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oracle tahlilchilar choraklik natijalarni e’lon qildi. Bu kutilganidan ham ortiqroq boʻlib chiqdi va Ellisonning boyligi 101 milliard dollarga oshdi.

Tadbirkorning umumiy boyligi 393 mlrd dollarga yetdi, bu esa Ellisonga Bloomberg milliarderlar indeksi bo‘yicha boyligi 385 mlrd dollar bo‘lgan Maskni ortda qoldirish imkonini berdi. Bu indeks tomonidan qayd etilgan eng katta bir kunlik o‘sish hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Oracle kompaniyasi aksiyalari bir yil ichida 45 foizga o‘sdi. Ilon Maskning Tesla aksiyalari esa, aksincha, bu yil 13 foizga tushib ketdi.

Mask birinchi marta 2021-yilda dunyoning eng boy odamiga aylangandi, shundan so‘ng bu maqomni Amazon rahbari Jeff Bezos va LVMH’dan Bernar Arnoga boy bergan. Shuningdek, Ilon bu maqomni 2024-yilda qaytarib olgandi va 300 kundan sal ko‘proq saqlab turdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling