Konsta yangi "Tun" nomli klipini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 46

Reper Konsta yangi trek va unga ishlangan klipni premyera qildi. U “Tun” deb nomlanadi.
Klipda har xil sabablar bilan uyidan yiroqqa ketgan odamlar haqida hikoya qiladi. Qoʻshiq matnida Konsta oʻzi tugʻilgan Guliston shahrini ham eslab oʻtadi. Shuningdek, “Men musofir boʻlmadim oʻzim istab” jumlasini ham eshitish mumkin.
Ma’lumot uchun, Konsta 12-oktyabr kuni Humo Arenada “Vatan” nomli konsertini taqdim etadi.
Konsta
“Humo Arena” muz saroyida Konstaning “Vatan” nomli yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.
Reper Konsta Oʻzbekiston boʻylab "Vatan" konsert-turini oʻtkazadi
Reper Konsta 1-iyundan boshlab bir oy davomida Oʻzbekiston boʻylab "Vatan" nomli konsert-tur uyushtiradi. Bu Konsta faoliyatidagi Oʻzbekistonning 12 ta hududini oʻz ichiga olgan ilk tur boʻladi.