XXIII — Yunkaa tugʻilgan kunida yangi trekini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 278

Insta-blogger va qo‘shiqchi Yunkaa o‘zining 23-tug‘ilgan kuni munosabati bilan “XXIII” nomli yangi trekini taqdim etdi.
Qoʻshiq mazmun jihatdan, Yunkaaning oʻzi haqida boʻlib hozirgacha bosib o‘tgan yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari va taslim bo‘lmaslik ruhiyati aks etgan. Trekni musiqiy platformalarda tinglash mumkin.
Bugunga qadar Yunkaaning “Dardim”, “Yomg‘ir”, “Airways” hamda Shokir bilan kuylangan “O‘zboshimcha” duet qo‘shiqlari mavjud.
Shuningdek, 27-sentabr kuni Maryam Tillayeva bilan birgalikda ijro etilgan “Shunaqa gaplar” duetining premyerasi kutilmoqda. Mazkur qo‘shiq avvalroq Pepsi Fest doirasida muxlislarga ilk bor taqdim etilgan edi.