Alisher Uzoqov yangi qoʻshigʻini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 374

Aktyor, rejissyor, qoʻshiqchi Alisher Uzoqov oʻzining “Oshiqman” deb nomlangan qoʻshigʻini e’lon qildi.
Ushbu qoʻshiq qoʻshiqchining oʻz prodakshnida ishlangan. Qoʻshiq matnini Alem Choriyev yozgan va uning oʻzi kompozitor sifatida ishlagan. Abror Abdurazzaqov esa oranjirovkachi boʻlgan.
23-sentyabr kuni e’lon qilingan klip YouTube’da 70 mingdan ortiq koʻrilgan. Qoʻshiqni barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.