Billi Aylish oʻzining UNO o‘yinini yaratdi

E’lon qilingan sana· 135
Billi Aylish oʻzining UNO o‘yinini yaratdi

Amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylish mashhur UNO karta o‘yinining o‘ziga xos versiyasini taqdim etdi. Maxsus karta toʻplami yashil va ko‘k ranglarda bezatilgan bo‘lib, unda ijodkorning ramzi Blohsh logotipi tasvirlangan.

O‘yin to‘plamiga klassik UNO qoidalarini o‘zgartiruvchi to‘rtta yangi karta kiritilgan. Ulardan biri “Wild Pass Color” bo‘lib, u o‘yinchiga bitta rangdagi barcha kartalarni boshqa o‘yinchiga topshirish imkonini beradi. Yana biri — “Reveal Hand” barcha ishtirokchilardan o‘z kartalarini ochib ko‘rsatishni talab qiladi.

To‘plamda jami 112 ta karta mavjud bo‘lib, uning narxi 20 dollar etib belgilangan. Qo‘shiqchining rasmiy saytiga ko‘ra, bu mahsulotning butun partiyasi oldindan buyurtma asosida sotib bo‘lingan. Hozircha o‘yinni xohlovchilar elektron pochta manzilini qoldirib, keyingi tirajni kutishlari mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling