Jisoo ft Zayn Malik yangi "Eyes Closed" nomli duet taqdim etishdi

Janubiy Koreyalik “Blackpink” k-pop guruhining a’zosi Jisoo va sobiq boys-band “One Direction” a’zosi Zayn Malik “Eyes Closed” nomli duet kuylashdi. Yangi trek Warner Records leybli ostida juma kuni chiqdi.
Qo‘shiqning asosiy qismi “fall in love with our eyes closed” pianino, akustik gitara, bas-sintezator va atmosfera tovushlari uyg‘unlashtirgan.
Jisoo hozirda Blackpink’ning “Deadline World Tour” doirasida dunyo bo‘ylab konsertlar o‘tkazmoqda. Tur davomida u o‘zining “Amortage” mini-albomidan qo‘shiqlarni ham ijro etmoqda. Mart oyida chiqgan ushbu albom Janubiy Koreya chartida 1-o‘rinni egallagan va oltita oy ichida yarim milliardga yaqin strim to‘plagan.
Zayn Malik esa 2026-yil yanvar oyida Las-Vegasdagi Dolby Live sahnasida o‘zining konsertlariga tayyorgarlik Malik yaqinda “Borderlands 4” video o‘yini uchun yozilgan “Break Free” qo‘shig‘ini ham taqdim etgan edi.