Erkaklarda depressiya boʻlmaydi, ular shunchaki Zemfira eshitadi, yoxud Nikol Pashinyan pleylisti

E’lon qilingan sana· 101
Erkaklarda depressiya boʻlmaydi, ular shunchaki Zemfira eshitadi, yoxud Nikol Pashinyan pleylisti

Soʻnggi kunlarda Instagram tarmogʻida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning shaxsiy profilidagi video postlari trendga aylanmoqda.

Bosh vazirning kabinetidagi turli musiqa fonidagi qisqa videolari uning yuz ifodasi va pleylistida yaxshi ijod namunalari mavjudligi bilan koʻpchilikning e’tiborini tortibgina qolmay, yangi toʻlqinni yaratdi.

Pashinyan doimiy ravishda “Xayrli tong, kuningiz yaxshi o‘tsin va sizlarni hammangizni yaxshi koʻraman” tilaklar bilan post joylab boradi.

Uning musiqiy toʻplamida rokdan tortib klassik taronalargacha koʻrishimiz mumkin.

Instagramda turli xil talqinlar aylanmoqda va minglab layk va koʻrishlarga erishmoqda.

Bulardan yana biri, aytishlaricha Pashinyan aslida “Bolalar” guruhining sogʻindim qoʻshigʻini ham eshitarkan. Bu albatta, hazil.

Davlat boshqaruvining tepasida turuvchi insonlarni boshqa tomondan koʻrish va ular bilan musiqiy didlarning oʻxshashligi koʻpchilik uchun qiziqarli ekanligi hamda oʻsha insonga individual imidj ta’minlashiga ham guvoh boʻlish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling