Shoxrux va Izzat Shukurov "Devonangman" nomli duet kuylashdi
E’lon qilingan sana: · 54

Reper Shoxrux va qoʻshiqchi Izzat Shukurov “Devonangman” deb nomlangan duet kuylashdi. Qo‘shiq mazmun jihatdan sevgi va ayriliq mavzusiga bag‘ishlangan.
Trek ijodkorlarning Youtube kanalida premyera qilindi. Bu haqda Shoxrux reper oʻzining ijtimoiy tarmoqdarida “Yangi qoʻshiq qani? deganlar uchun — mana sizlarga yangi qoʻshiq” deya sentabr oyida xabar bergan edi.
Ushbu trekni Yandex Music’ning “Jarangdor oy yangiliklari” boʻlimidan hamda ijodkorlarning Youtube kanallaridan tinglashingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Humo Arena majmuasida 1-noyabr kuni Shoxruxning “Davom etamiz” nomli konserti boʻlib oʻtadi. Konsert repertuarida yangi duet ham taqdim etilishi kutilmoqda.