Jaloliddin Ahmadaliyev "Tong otguncha" nomli musiqiy klipini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 250

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Tong otguncha” nomli yangi qoʻshigʻi uchun ishlangan video klip premyera qilindi. Qoʻshiq mazmun jihatdan xonandaning oʻz uslubidagi ayriliq mavzusida.
Rollarni hozirgi kunda koʻplab loyihalarda koʻrinayotgan aktyor Murod Nasimov va aktrisa Sabina Ibragimova ijro etishgan. Klip rejissyori klipmeyker Sherzod Umarov.
Avvalroq Jaloliddin Ahmadaliyev “Uyalib qolasiz boy boʻlib ketsam” nomli qoʻshiq kulagani haqida xabar bergan edik.