Shahloxonim "Baxting muborak" nomli yangi qoʻshigʻini teatr sahnasida premyera qildi

“Bravo” jamoasi sobiq a’zosi, komik aktrisa Shahloxonim 21-oktabr, o‘z tug‘ilgan kunida “Baxting muborak” nomli yangi qo‘shig‘ining premyerasini taqdim etdi.
Premyera Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida sahnalashtirilgan spektakl ko‘rinishida o‘tkazildi. Tadbirda Xalq artistlari Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Ra’no Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev, shuningdek, iste’dodli aktrisa Nigina Jabborova kabi sevimli ijodkorlar ishtirok etishdi.
Qoʻshiq va uning shu tarzda premyera qilinish sabablari haqida Shahloxonning shaxsiy youtube kanalidan ma’lum qilingan. Unga koʻra, yangi qoʻshiqni haqiqatan ham yangilik boʻlishi uchun teatrlashtirilgan namoyishini qilish gʻoyasiga kelingan. Shuningdek, tez orada spektaklning to‘liq versiyasi ham YouTube platformasiga joylanishi aytib oʻtilgan.
Qo‘shiqning o‘zi esa 21-oktabr kuni barcha musiqiy platformalarda taqdim etildi.
Spektaklda bosh rollardan birini ijro etgan Nigina Jabborova o‘zining Instagram sahifasida spektakldan “kelin salom” sahnasi parchasini ham ulashdi.
Tadbirga koʻplab mashhurlar, blogerlar, ijodkorlar hamda aktrisaning yaqinlari tashrif buyurishgan.