Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari qatoridan joy oldi

E’lon qilingan sana· 1 572
Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari qatoridan joy oldi

Oʻzbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilaridan biriga aylandi. Germaniyaning Transfermarkt nashri ushbu reytingni yangiladi.

Ayni vaqtda 21 yoshli futbolchining transfer narxi 35 millionn yevroga baholanmoqda.

Oktyabr oyidagi oʻzgarishlardan soʻng “Bavariya” klubi himoyachisi Kim Min Jening narxi 40 million yevrodan 32 million yevroga tushdi.

Shuningdek, “Brayton” futbolchisi Kaoru Mitomaning narxi 40 million yevrodan 35 million yevroga tushdi. Natijada Abduqodir Husanov Mitoma bilan tenglashib, Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchilari qatoridan joy oldi.

Hozirgi vaqtda Transfermarkt nashriga koʻra eng qimmat Osiyolik futbolchilar:

  • Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”) — 35 million yevro;
  • Kaoru Mitoma (“Brayton”) — 35 million yevro;
  • Kim Min Je (“Bavariya”) — 32 million yevro;
  • Takefuso Kubo (“Real Soseydad”) — 30 million yevro;
  • Kaisu Sano (“Mayns”) — 25 million yevro;
  • Li Kan In (“PSJ”) — 25 million yevro;
  • Ritsu Doan (“Frayburg”) — 25 million yevro;
  • Zion Suzuki (“Parma”) — 20 million yevro;
  • Son Xyon Min (“Los Anjeles”) — 20 million yevro;
  • Xiroki Ito (“Bavariya”) — 18 million yevro.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling