Munisa Rizayeva "Mish-mish" nomli yangi qoʻshiq va klip chiqardi

E’lon qilingan sana· 741
Munisa Rizayeva "Mish-mish" nomli yangi qoʻshiq va klip chiqardi

Xonanda Munisa Rizayeva “Mish-mish” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi. Ijodkor oʻzining instagram sahifasida “Mish-mishlarni qachongacha eshitish mumkin?” izohi bilan yangi qoʻshiq premyerasi e’lon qildi. Klip rejissyor Doni Ahmadjonov tomonidan suratga olingan.

Yangi qoʻshiq shou biznes olamidagi koʻp uchraydigan har xil “mish-mish"larga javoban kuylangan. Videoda Munisa Rizayeva bilan birga uning turmush o‘rtog‘i Arseniy Moroz ham ishtirok etgan.

Klip suratga olish jarayonida xonanda “Humo Arena"da konsert berishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling