Devid Bekhem Qirol Charlz III tomonidan ritsar unvoni bilan taqdirlandi

E’lon qilingan sana· 550
Devid Bekhem Qirol Charlz III tomonidan ritsar unvoni bilan taqdirlandi

Afsonaviy futbolchi Devid Bekxem Angliya sporti va xayriya sohasidagi xizmatlari uchun Qirol Charlz III tomonidan ritsar unvoni bilan taqdirlandi. Marosim 4-noyabr kuni Vindzor qal’asida bo‘lib o‘tdi.

Bekhem bu unvonni qabul qilgach, bu lahzani o‘z hayotining “eng faxrli daqiqasi” deb atadi.

“Men juda omadli insonman, futboldagi faoliyatimda ko‘p narsa yutdim, lekin ritsarlik unvonini olish esa orzularimdan ham yuqori mukofot”, — deya ta’kidlagan.

Sobiq Angliya terma jamoasi sardori marosimda rafiqasi Viktoriya Bekhem bilan birga qatnashdi. Ajoyib tomoni, Bekhem tantanali marosim uchun kiygan kostyumni rafiqasi Viktoriya tikkan.

Bekhem bundan 20 yil avval, 2003-yilda, marhum qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri (OBE) unvoni bilan taqdirlangan edi. U 2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan, biroq sport va xayriya sohasida faoliyatini davom ettirgan.

Bekhem UNICEF’ning ezgu niyatlar elchisi hisoblanadi. 2015-yilda u “7” fondini tashkil etgan bo‘lib, u orqali Ebola virusi kabi xavf ostidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bundan tashqari, u AQShda Inter Miami futbol klubini tashkil etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling