"Setora" guruhining bu yilgi konsertida guruh a'zosi Komila Xoʻjayeva ishtirok etmaydi

E’lon qilingan sana· 283
"Setora" guruhining bu yilgi konsertida guruh a'zosi Komila Xoʻjayeva ishtirok etmaydi

“Setora” guruhining dekabr oyida “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tadigan konsertida guruh a’zosi Komila Xo‘jayeva ishtirok etmaydi. Bu haqda guruh a’zolari va xonandaning oʻzi ham ma’lum qilgan.

Guruh a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, Komilaning sog‘lig‘i hozirda katta konsert uchun to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u faqat qisqa muddatli chiqishlarda qatnashmoqda.

Ular oʻz instagram sahifalarida “Afsuski, Setora 2025 konserti Kamilla ishtirokisiz — uning shaxsiy istagi bilan o‘tadi.
Biz uning qarorini hurmat qilamiz va birgalikda qilgan mehnati hamda ko‘rsatgan yordami uchun chin dildan minnatdorimiz. Kamillani bu mavzu bilan bezovta qilmaylik. Hozir bizning jamoamiz uchun uning osoyishtaligi juda muhim. Tushunganingiz uchun katta rahmat.” deya post qoldirishgan.

Shuningdek, xonanda Komila ham o‘z sahifasida muxlislarga murojaat qilib, hozircha jismoniy kuch talab qiladigan tadbirlarda qatnasha olmasligini, tinchlik va sog‘lig‘ini ustuvor deb bilayotganini ma’lum qilgan.

“Aziz doʻstlar, qadrli muxlislarimiz, shu kunlarda „Setora“ guruhining rejalari haqida juda koʻp savollar keldi. Har bir insonning hayotida, ehtimol, bizning sogʻligʻimiz va ahvolimiz juda muhim boʻlgan payt keladi.
Man sizlar uchun bir guruhda katta xursandchilik bilan kuylayman, lekin toʻylarda va shaxsiy chiqishlarda, va katta Saxnadagi jismoniy kuch talab qilmaydigan Ijodimga tayyorman. Men hozir tinchlik va xotirjamik talab etiladigan vaziytdaman. Barcha harakatlarim besamar ketmasligiga ishonaman.”

Xonanda guruh a’zalari va loyiha tashkilotchilariga ushbu konsertda ijodiy omad tilagan holda, barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 18−21-dekabr kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida Setora guruhining konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Setora guruhi

"Xalqlar doʻstligi" saroyida afsonaviy "Setora" guruhining konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling