Ronaldu uchun JCh-2026 oxirgisi boʻladi – futbolchi buni tasdiqladi

E’lon qilingan sana· 77
Ronaldu uchun JCh-2026 oxirgisi boʻladi – futbolchi buni tasdiqladi

Futbol boʻyicha Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi yil boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati u uchun oxirgisi boʻlishini aytdi.

AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida oʻtadigan JCh-2026 paytida futbolchi 41 yoshda, keyingi mundial paytida esa allaqachon 45 yoshni qarshilagan boʻladi.

“Keyingi jahon chempionati men uchun oxirgisi bo‘ladimi? Albatta. Bu haqiqat. Chunki men 41 yoshga to‘laman. Ilgari ko‘p marotaba aytganimdek, bu lahzalardan zavqlanibman”, — deya Ronalduning so‘zlaridan keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2003-yildan beri Portugaliya milliy jamoasi safida oʻynab kelmoqda. Bu vaqt davomida 225 o‘yinda maydonga tushib, 143 ta gol va 46 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U milliy jamoasi bilan birga bir marta Yevropa chempionati (2016), ikki marta Millatlar ligasi (18/19; 24/25) gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling