Tom Kruz “Oskar”ning faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 205
Tom Kruz “Oskar”ning faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi

Amerikalik aktyor Tom Kruz, “Uddalab boʻlmas topshiriq”, “Top Gan” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan Gollivud yulduzi, kinomatografiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar” mukofotiga ega bo‘ldi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Mukofot Kruzga “kino sanoati jamoasiga, kinoteatr tajribasiga va kaskadyorlik madaniyatiga ko‘rsatgan mislsiz sadoqati” uchun topshirildi. Mukofotni unga hozirda Tom Kruz ishtirokidagi yangi film ustida ishlayotgan mashhur rejissor Alexandro Gonsales (“The Revenant”, “Babel”) taqdim etdi.

Yutuqni qabul qilib olar ekan, Kruz kinoning uning hayotidagi o‘rnini ta’rifladi. Uning aytishicha, kino uni dunyo bo‘ylab sayohat qilishga, turli xalqlarni chuqurroq anglashga va madaniy farqlarni qadrlashga o‘rgatgan. “Qayerdan bo‘lishimizdan qat’i nazar, kinoteatrda biz birga kulamiz, birga qayg‘uramiz, birga umid qilamiz. Bu — san’atning qudrati. Shuning uchun u men uchun juda muhim. Film yaratish — bu shunchaki qiladigan ishim emas, bu mening kimligim,” — dedi aktyor.

Taxminan 80 yillik tarixga ega bo‘lgan “Oskar"ning ushbu faxriy mukofoti aniq bir yil yoki film uchun emas, balki alohida kategoriya mavjud bo‘lmagan yirik yutuqlar uchun beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling