AbroBey yangi trekini premyera qildi

E’lon qilingan sana· 383
AbroBey yangi trekini premyera qildi

Hip-hop ijrochisi yangi treki va unga ishlangan klipini taqdim etdi. U “Qora bozor” deb nomlanadi.

“Qora bozor” AbroBeyni mashruh qilgan “Qimmat dunyo” trekining mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu loyihada ijrochi doimiy hamkorlari — saundprodyuser Yevgeniy Voyshev, rejissyor MamurjonOkay bilan ishlagan. Ma’murjon Obrahmatovning yozishicha, klip “2 ta svet va bitta kamera” bilan suratga olingan.

YouTube’ga joylangan video izohida shunday yoziladi:

“Bugungi bozorda inson qadri savdoda. Bu qo‘shiqda uning xaridori kim-u, sotuvchisi kimligi haqida so‘zlanadi.
Pul, mansab gapiradi, vijdon jim.
Oyna aldamaydi — faqat ko‘rsatadi.

Ko‘r, eshit, o‘yla. Kim sotilmoqda?"

Qoʻshiqni ijrochining YouTube sahifasi va musiqiy platformalarda (Spotify, Apple Music, Yandex Music) tinglash mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling