Xonanda Shahzoda shaxsiy kiyim brendiga asos soldi

Estrada xonandasi Shahzoda (Zilola Musayeva) o‘zining shaxsiy ayollar kiyimi brendini taqdim etdi. Yangi brend “10787 by Shahzoda” deb nomlanadi.
Ijodkor bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Bu brend — mening bir qismim. Oylar davomidagi izlanish, ilhom va muhabbat — siz o‘zingizni alohida his qilishingiz uchun. Biz ideal matolarni izladik, eskizlar chizdik, shakl va hissiyot ustida ishladik — har bir ayol o‘zini betakror his qilishi uchun.
10787 by Shahzoda — soddalikdagi go‘zallik haqida. So‘z talab qilmaydigan uslub haqida. Tafsilotlarda ochiladigan ayollik haqida.
Muhabbat bilan, Shahzoda.
Kolleksiyadan hozircha klassik uslubdagi koʻylak, shim, kostyum, yupka va nimcha oʻrin olgan. Xonandaning aytishicha, ushbu kolleksiya shunchaki kolleksiya emas, balki Shahzodaning did va ayollik jozibasiga bo‘lgan qarashlarining aksi hisoblanadi.
Mazkur kiyim brendining doʻkoni qayerda joylashishi hozircha noma’lum.
