Khusnorikning "Ketaman" nomli yangi qoʻshigʻi premyera qilindi
E’lon qilingan sana: · 101

Bloger va qoʻshiqchi Husnora Shodiyeva (Khusnorik) oʻzining yangi treniki e’lon qildi. U “Ketaman” deb nomlanadi.
Qo‘shiq matni va musiqasi Shaxboz Nosirjonovga tegishli. Ijodkorlar “Ketish — qalb tubidagi eng og‘ir qarorlardan biri” deya ta’kidlaydi.
Bu qo‘shiq shunchaki notalardan iborat emas, balki so‘ngan umidlar, ortda qolgan xotiralar va noma’lum yo‘l sari qo‘yilgan jur’atli qadam haqida hikoya qiladi. Har birimiz hayotimizda hech bo‘lmaganda bir bor “ketaman” deyishga majbur bo‘lganmiz — bu so‘z ortida esa nechog‘lik og‘riq va qat’iyat yashiringani hamma uchun tanish.