Oʻzbekistonda Jeki Chan ishtirokidagi film epizodlari suratga olinishi mumkin

E’lon qilingan sana· 169
Oʻzbekistonda Jeki Chan ishtirokidagi film epizodlari suratga olinishi mumkin

Jeki Chan ishtirokidagi “Armour of God: Ultimatum” filmining ayrim sahnalari O‘zbekistonda suratga olinishi mumkin, deya xabar bermoqda Qozog‘istonning Salem Entertainment mediakompaniyasi.

Qayd etilishicha, Salem Entertainment jamoasi “O‘zbekfilm” kinokonserni va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan bu masala boʻyicha uchrashuv o‘tkazgan.

Filmning suratga olish ishlari Qozogʻistonda boʻlib oʻtishi oktyabr oyida ma’lum boʻlgandi. Kompaniya, shuningdek, suratga olish ishlarining bir qismini O‘zbekiston hududida amalga oshirishga umid bildirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling