BLACKPINK guruhi a'zosi Lisa Netflix'ning "Extraction: Taigo" filmida rol ijro etadi

E’lon qilingan sana· 671
BLACKPINK guruhi a'zosi Lisa Netflix'ning "Extraction: Taigo" filmida rol ijro etadi

Netflix 5-dekabr kuni “Extraction: Taigo” nomli yangi filmi suratga olinishini e’lon qildi. Filmni rejissor Li Sang Yong suratga oladi. Bosh rollarni Ma Don Sok, Li Jin Uk va BLACKPINK guruhining a’zosi Lisa ijro etadi.

“Extraction: Taigo” urushda yetim qolgan yollanma jangchi Taigo haqidagi hikoya. U yaqin do‘sti va jamoa a’zosi Lia jinoyatchilar qo‘lidan ozod qilish maqsadida xavfli qutqaruv missiyasiga kirishadi.

Ma Don Sok Taigo rolida, Li Jin Uk esa unga qarshi turgan jinoyatchilar to‘dasining yetakchisi Arman Choi obrazida namoyon bo‘ladi. Lisa filmda Taigo jamoa a’zosi Lia rolini ijro etadi. Lisa o‘tgan yili HBOʻning “The White Lotus” serialining 3-mavsumidagi Muk roli orqali aktrisalik faoliyatini boshlagan edi. Li Jin Uk esa katta mashhurlikka erishgan “Kalmar oʻyini” seriali orqali tanilgan.

Hozircha filmning premyera sanasi ma’lum qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling