Londonda Shohrux Xon va Kajolning haykali o‘rnatildi

E’lon qilingan sana· 294
Londonda Shohrux Xon va Kajolning haykali o‘rnatildi

Shohrux Xon va Kajol eng mashhur bollivud kinolaridan biri “Oʻgʻirlanmagan kelin” filmining 30 yilligiga atab Londonda o‘rnatilgan bronza haykalning ochilish marosimida ishtirok etishdi. Raj va Simranning kino tarixiga kirgan mashhur raqs sahnasi tasvirlangan haykal “Leicester Square” koʻchasida oʻrnatildi.

Mazkur yo‘lakda bundan avval “Garri Potter”, “Meri Poppins”, “Paddingtonning sarguzashtlari” kabi filmlar qahramonlariga bag‘ishlangan haykallar o‘rnatilgan edi.

Tadbirda “Yash Raj Films” kompaniyasi bosh direktori Akshay Vidhani hamda “Heart of London Business Alliance” rahbari Ros Morgan ham qatnashdi.

Shah Rukh Khan marosimda bu filmni uning shaxsiyating bir qismi ekanligini ta’kidlagan.
“Ushbu film chin dildan yaratilgan film edi. Biz chin muhabbat va uning yoʻlida chegaralarni qanday yengib o‘tish haqida hikoya qilishni xohlagan edik. O‘ylaymanki, filmning 30 yildan buyon sevib tomosha qilinayotgani ham shundan.

Kajol esa bu lahzani “tariximizning yana bir bor jonlanishi” deb atab, filmning avlodlar davomida sevib ko‘rilishini alohida ta’kidlab oʻtdi.

“Leicester Square” film uchun ramziy ahamiyatga ega. “Oʻgirlanmagan kelin” filmining dastlabki sahnalaridan birida Raj va Simran shu maydonda kesishib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling