Yilning musiqiy yakunlari: Yandex Music ilk bor O‘zbekistonda san’atkorlarni taqdirlash marosimini oʻtkazdi. Foto

E’lon qilingan sana· 92
Yilning musiqiy yakunlari: Yandex Music ilk bor O‘zbekistonda san’atkorlarni taqdirlash marosimini oʻtkazdi. Foto

Toshkentda 5-dekabr kuni Yandex Music ilk bor O‘zbekiston san’atkorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Tadbirda Mirshakar Fayzulloyev boshlovchilik qildi va bugungi kunda oʻzbek shou-biznesida koʻzga koʻringan, yangi toʻlqinni amalga oshirayotgan koʻplab xonandalar ishtirok etdi. Yandex Music tomonidan 2025-yilning musiqiy natijalari sarhisob qilindi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar e’lon qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida Farruh Fazel, Ruhsora Emm, AbroBey kabi ijrochilar yil davomida xitga aylangan qoʻshiqlarini yangicha uslubda kuyladi. Gʻoliblarni e’lon qilish jarayoni ham kreativ tarzda oʻtkazildi. Har bir stolda kublar boʻlib, ularning ostida gʻolib ismi yozilgan sovrinlar joylashtirilgandi.

Gʻoliblar roʻyxati quyidagicha:

Yil artisti — AbroBey

Qayd etilishicha, AbroBey yilning eng e’tiborni tortgan artistlaridan biriga aylangan. Qoʻshiqchining “Qimmat Dunyo” va “Bolalik” qo‘shiqlari reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab keldi, umumiy tinglanishlar soni esa 100 milliondan oshgan. U “Uchqun” loyihasi ishtirokchilaridan biri ham bo‘ldi va so‘nggi 12 oydagi chiqarilgan qo‘shiqlar orasida eng ko‘p tinglangan ijrochiga aylandi.

Yil ayol artisti — Ruhsora Emm

Ta’kidlanishicha, Ruhsora Emm Yandex Music reytinglarida peshqadamlik qildi, uning “Gaza Bas” qo‘shig‘i esa chiqishi bilanoq birinchi o‘rinni egalladi. Abbose, Asl Wayne, Lola va boshqa artistlar bilan hamkorlikdagi ishlari uning mavqeini mustahkamladi va tinglovchilar doirasini kengaytirdi.

Yil treki — Farruh Fazel “Bor”

Ma’lumotlarga koʻra, Farruh Fazelning “Bor” kompozitsiyasi O‘zbekistondagi Yandex Music reytingida eng uzoq vaqt birinchi o‘rinda turgan qoʻshiq boʻlgan. Shuningdek, rekord darajadagi o‘sishni ko‘rsatgan va yilning eng ko‘p tinglangan qo‘shig‘iga aylandi.

Yilning eng kutilgan relizi — Munisa Rizayeva “Mish Mish”

Bu tarona Yandex Music’da oldindan saqlashlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Munisa Rizaeva targ‘ibotga strategik yondashuvi tufayli qo‘shiq chiqishi bilanoq reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan.

Bosh “UCHQUN” — Jamshid Ximmatov

Yil davomida Jamshid Himmatov “Va'dalar berildi” va “Yomg‘irlar” qo‘shiqlari bilan o‘z auditoriyasini sezilarli darajada kengaytirdi. San’atkor birinchi “Uchqun” loyihasining yuzi bo‘lib, mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylangan.

Mening to‘lqinim xiti — Xastamanu, G‘aybulla Tursunov

Trek 2025-yilda eng virusli qo‘shiqlardan biriga aylandi, deyish mumkin. Qayd etilishicha, “Mening to‘lqinim” uni tinglovchilarga faol tavsiya qilib, qiziqishning ortishi va tinglashlarning yuqori takrorlanishini qayd etdi.

Tahririyat tanlovi: Yil artisti — Lola

Tahririyat fikriga koʻra, “O‘zicha” loyihasi, jumladan, konsertlar va relizlar yilning diqqatga sazovor voqeasiga aylangan. Lola zamonaviy estrada yo‘nalishini shakllantiruvchi san’atkor maqomida qayd etilgan.

Tahririyat tanlovi: Yil albomi — Abbbose “Gangsta Eshit”

Albom yaxlitlik xususiyati va mahalliy sahna bilan ishlangani uchun yuqori baholangan. Yandex Music tahririyati san’atkorning o‘z musiqiy muhitini shakllantirish va yangi iste’dodlarni kashf etish qobiliyatini alohida ta’kidlagan.

Musiqa sanoatiga hissa — Sevara Nazarxon

Sevara Nazarxon zamonaviy o‘zbek musiqasi rivojiga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun taqdirlandi. 2025-yilda san’atkor Humo Arena’da uch kun davomida konsertini berib, san’at va tinglovchilar e’tiboriga ta’sirini yanada oshirdi.

Uzoq yillardan beri musiqaga qiziqadigan va uning atrofida qanday voqealar boʻlishini kuzatib keladigan odamlar uchun Gremmi mukofoti alohida oʻrin kasb etadi. Bu tadbirni esa Gremmining kichik “oʻzbekcha” varianti boʻldi deyish mumkin.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Yilning musiqiy yakunlari: Yandex Music ilk bor O‘zbekistonda san’atkorlarni taqdirlash marosimini oʻtkazdi. Foto — Toshkent Afishasi