Shahloxonim "Milliy iftixor" mukofoti bilan taqdirlandi

E’lon qilingan sana· 204
Shahloxonim "Milliy iftixor" mukofoti bilan taqdirlandi

22-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovining 18-turi boʻlib oʻtdi. Tanlov doirasida aktrisa, boshlovchi va xonanda Shahlo Norova “Milliy iftixor” nominatsiyasi boʻyicha mukofotlandi.

Ushbu mukofot vatanparvarlik, jasorat, sadoqat va fidoyilik fazilatlarini ulug‘lash hamda yosh avlodni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda oʻz hissani qoʻshgan insonlarga topshiriladi.

Aktrisa oʻzining Instagram sahifasida mukofotni qabul qilganligi haqida post qoldirgan.

“To‘xtamasdan harakat qilgan inson albatta natija ko‘radi. Bugun mukofot, ertaga yanada katta maqsadlar sari…”

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling