Maduroning surati e'lon qilingandan keyin Nike sport kiyimlarining sotuvi oshdi

E’lon qilingan sana· 222
Maduroning surati e'lon qilingandan keyin Nike sport kiyimlarining sotuvi oshdi

AQSh harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoʻlga olgandan keyin u kiyib olgan “Nike Tech Fleece” kiyimi katta mashhurlikka erishdi. Maduroning suratini Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgandi.

Keyingi ikki kun — 4 va 5-yanvar davomida Google Trends “Nike Tech”, “grey Nike Tech” va “Nike Tech tracksuit"ga bo‘lgan qiziqishning keskin o‘sishini qayd etdi. Ularning ba’zilari bo‘yicha mashhurlik indeksi maksimal 100 ballga yetgan.

Nike rasmiy saytida ushbu modelning bir nechta o‘lchamlari allaqachon sotib boʻlingan. Masalan, Maduro kiygan 3XL o‘lchami taxminan bir soat ichida sotilib ketgan.

To‘liq to‘plam (tolstovka va shim) narxi 270 dollarni tashkil qiladi. Ustki kiyim narxi 145 dollar boʻlsa, joggerlar 125 dollar hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling