Botir Qodirov "Tilga kirsa gapirar" nomli yangi qoʻshigʻini premyera qildi
E’lon qilingan sana: · 317

Xonanda Botir Qodirov “Tilga kirsa gapirar” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.
Qo‘shiq uchun suratga olingan videoklipga Abduhalil AS rejissyorlik qilgan, prodyuser esa Asror Isoxo‘jayev. Klipda bir qator mashhur kinokartinalarga ishoralar mavjud. Jumladan, “The Big Lebowski” filmidagi sahnaga murojaat qilingan bo‘lib, ushbu epizodga avvalroq Jahongir Otajonovning “Poram” qo‘shig‘i klipida ham ishora berilgan edi. Shuningdek, klipda “Cinema Paradiso” va “The Godfather” filmlaridan ilhomlangan lavhalarni ham ko‘rish mumkin.
Qo‘shiq mazmunida xiyonat, ikkiyuzlamachilik va sadoqat mavzulari yoritiladi. Qoʻshiq quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Uyg‘otsangiz sher bolasin,
Qafas ichra nara qilar.