BTS guruhi dunyo bo‘ylab konsert safari va yangi albom bilan qaytmoqda

E’lon qilingan sana· 412
BTS guruhi dunyo bo‘ylab konsert safari va yangi albom bilan qaytmoqda

BigHit Music k-pop yulduzlari BTS guruhining 2026−2027-yillarda dunyo bo‘ylab katta tur uyushtirishini e’lon qildi. Guruh aprel oyida Janubiy Koreyada start beradigan konsertlar bilan sahnaga qaytadi va 2027-yil martigacha davom etadigan 70 dan ortiq konsertlarni Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya hamda Yevropada o‘tkazadi.

Guruhning oxirgi yirik konsert turi 2021−22 yillarda “Permission to Dance on Stage” nomi bilan bo‘lib o‘tgan edi.

BTS deyarli to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda. Bu tanaffusning sababi guruhning barcha yetti a’zosi — RM, Jin, Jimin, V, Suga, Jung Kook va J-Hope — Janubiy Koreyaning majburiy harbiy xizmatini oʻtashi bilan bog‘liq edi.

BTS tur davomida 360 darajali sahna koʻrinishi bilan chiqish qiladi, bu esa har bir konsert zali uchun qo‘shimcha o‘rinlar yaratishga imkon beradi. BigHit kompaniyasi va guruh ushbu qaytishdan jami bir milliard dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda.

BTS muxlislari, ARMY’lar guruhning qaytishini kutib, ijtimoiy tarmoqlarda va Weverse platformasida faol bo‘lib, guruhning 20-martda chiqadigan yangi albomi uchun katta qiziqish bildirmoqda. Albom Los-Anjelesda olti oy davomida yozilgan bo‘lib, guruhning turli solo loyihalari orqali shakllangan yangi musiqiy yo‘nalishini namoyish etadi.

Chiptalar 22−23-yanvar kunlari rasmiy fan-klub a’zolari (ARMY Membership) uchun oldindan sotuvga chiqariladi. Umumiy sotuv esa 24-yanvardan boshlanadi.

BTS 2026 World Tour sanalari

  • 9 aprel va 11−12 aprel — Goyang, Janubiy Koreya
  • 17−18-aprel — Tokio
  • 25−26-aprel — Tampa, Florida
  • 2−3-may — El-Paso, Texas
  • 7 may va 9−10 may — Mexiko shahri
  • 16−17 may — Stenford, Kaliforniya
  • 23−24- va 27-may — Las-Vegas
  • 12−13-iyun — Pusan, Janubiy Koreya
  • 26−27-iyun — Madrid
  • 1−2-iyul — Bryussel
  • 6−7-iyul — London
  • 11−12-iyul — Myunxen
  • 17−18-iyul — Parij
  • 1−2-avgust — Sharqiy Rezerford, Nyu-Jersi
  • 5−6-avgust — Foksboro, Massachusets
  • 10−11-avgust — Baltimor
  • 15−16-avgust — Arlington, Texas
  • 22−23-avgust — Toronto
  • 27−28 avgust — Chikago
  • 1−2-sentyabr va 5−6-sentyabr — Los-Anjeles
  • 2−3-oktyabr — Bogota, Kolumbiya
  • 9−10-oktyabr — Lima, Peru
  • 16−17 oktyabr — Santyago, Chili
  • 23−24 oktyabr — Buenos-Ayres, Argentina
  • 28 okt va 30−31 okt — San-Paulu
  • 19-noyabr va 21−22-noyabr — Kaohsiung, Tayvan
  • 3 dekabr va 5−6 dekabr — Bangkok
  • 12−13-dekabr — Kuala-Lumpur, Malayziya
  • 17 dekabr, 19−20 dekabr va 22 dekabr — Singapur
  • 26−27 Dekabr — Jakarta

BTS 2027 World Tour sanalari

  • 12−13-fevral — Melburn, Avstraliya
  • 20−21-fevral — Sidney
  • 4-mart va 6−7-mart — Gonkong
  • 13−14-mart — Manila, Filippin
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling