Mettyu Makkonaxi o‘zi ishtirokidagi videolarni savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi

E’lon qilingan sana· 64
Mettyu Makkonaxi o‘zi ishtirokidagi videolarni savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi

Amerikalik aktyor Mettyu Makkonaxi sun’iy intellekt tomonidan materiallardan foydalanishning oldini olish uchun o‘zi ishtirokidagi video va audiolarda savdo belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Qayd etilishicha, Makkonaxi ayvonda turgan videosini, shuningdek, “Dazed And Confused” filmidagi mashhur “alright, alright, alright” iborasini aytgan audioni qonuniy rasmiylashtirgan.

Qonunga ko‘ra, kompaniyalar tovarlarni sotish uchun birovning tashqi ko‘rinishidan foydalanishi taqiqlangan. Ammo Makkonaxi o‘z qiyofasini sun’iy intellektdan himoya qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga qaror qilgan.

Aktyorning advokati Kevin Yornning umid qilishicha, savdo belgisiga bo‘lgan huquq bo‘yicha sudga da’vo qo‘zg‘atish tahdidi kompaniyani Makkonaxi tasvirlaridan foydalanishdan tiyib turadi. Ammo bu ish ko‘riladigan bo‘lsa, sud san’atkor tomonida bo‘ladimi, yo‘qmi, aniq emas.

Makkonaxi boshqa Gollivud aktyorlari singari sun’iy intellektning rivojlanishidan xavotirda. Shunga qaramay, u texnologiyalarga qarshi emas. Ma’lumot uchun, MakKonaxi sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi ElevenLabs kompaniyasining investori hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling