Blackpink "Deadline" nomli yangi mini-albom chiqarmoqda
E’lon qilingan sana: · 221

27-fevral kuni YG Entertainment Blackpink guruhining yangi Deadline mini-albomini taqdim etmoqda. Albom nomi guruhning hozirgi jahon gastrol safari bilan bir xil.
“Deadline” Blackpink’ning uchinchi mini-albomi bo‘lib, undan avval 2018-yilda “Square Up” va 2019-yilda “Kill This Love” chiqarilgan. Guruhning so‘nggi to‘liq albomi “Born Pink” esa 2022-yilda taqdim etilgan edi. Yangi reliz ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan qisqa video orqali e’lon qilindi, ammo treklar ro‘yxati hozircha oshkor etilmadi. Ammon, mini-albomga iyul oyida chiqqan singl “Jump” kiritilishi kutilmoqda.