Dilnoz, Mirshakar Fayzulloyev, Javlon Jovliyev va boshqalar: "Milliy tanlov"da ovoz berish boshlandi

E’lon qilingan sana· 549
Dilnoz, Mirshakar Fayzulloyev, Javlon Jovliyev va boshqalar: "Milliy tanlov"da ovoz berish boshlandi

Madaniyat vazirligining “Milliy tanlovlar” platformasida 2025-yilning eng yaxshi madaniyat sohasi vakillarini aniqlash uchun ovoz berish oʻtkazilmoqda. Bu, ta’kidlanishicha, yosh va iqtidorli ijodkorlar uchun oʻz iqtidorlarini koʻrsatish va yana bir yutuqni qoʻlga kiritish uchun imkoniyat.

Loyihada 20 ta nominatsiyada 3 tadan nomzod, ya’ni “short list” e’lon qilingan. Qayd etilishicha, baholashda nafaqat nufuzli hakamlar hay’ati a’zolari, balki san’at ixlosmandlari ham ovoz berishi mumkin. Quyida har bir nominatsiya boʻyicha nomzodlarni keltiramiz:

Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi

  • Farruh Fazel;
  • Xojiakbar Roʻzmetov;
  • Gʻaybulla Tursunov.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi

  • Dilnoz;
  • Sevinch Ismoilova;
  • Gulinur Egamberdiyeva.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi teatr rejissyori

  • Qudrat Otajonov — Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan “Sohibjamol va Mahluq” spektakli uchun;
  • Laziz Navroʻzov — Buxoro viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Chor Darvesh” spektakli uchun;
  • Bunyod Imomov — Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatrida “Sakkizinchi xazina” spektakli uchun.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi teatr aktyori

  • Igor Buxaidze — O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida sahnalashtirilgan “Revizor. Inсognito” spektaklidagi Gorodnichiy roli uchun;
  • Javohir Hakimov — Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida sahnalashtirilgan “Millat fidoiysi” spektaklidagi Bunyodbek Sharipov roli uchun;
  • Ulugʻbek Ahmedov — Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Behbudiy” spektaklidagi Qalandar roli uchun.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi

  • Iroda Qosimova — “Diydor” eksperimental teatr-studiyasida sahnalashtirilgan “Baxtsiz kuyov” spektaklidagi Rahima roli uchun;
  • Rayhona Ubaydullayeva — Namangan viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Muqaddas qasam” spektaklidagi Lobar roli uchun;
  • Mahliyo Jumayeva — Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Yolgʻonchining rasmi” spektaklidagi Ayol roli uchun.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi spektakli

  • “Farhod jasorati” — Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri;
  • “Behbudiy” — Samarqand davlat musiqali drama teatri;
  • “Ikki qalb nolasi” — Margʻilon shahar musiqali maqom teatri.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi dramaturgi

  • Nurqoʻchqor Nurqobilov — Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;
  • Sardor Hamroyev — “Adolat” SDP siyosiy kengashi markaziy apparati boʻlim boshligʻi;
  • Javlon Jovliyev — “Mutolaa” loyihasi bosh muharriri.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi filmi

  • “Amaliyotchi qiz”;
  • “Choʻliq”;
  • “Shamsiqamar”.

Ovoz berish uchun.

Yilning eng yaxshi qiziqchisi

  • Avaz Oxun;
  • Elmurod Haqnazarov;
  • Mirshakar Fayzulloyev.

Ovoz berish uchun.

Boshqa nominatsiya va nomzodlar bilan toʻliq ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz va ovoz berishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling