Xamdam Sobirov "Nilufar" qoʻshigʻiga ishlangan klipini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 209
Xamdam Sobirov "Nilufar" qoʻshigʻiga ishlangan klipini e'lon qildi

Xonanda Xamdam Sobirov “Nilufar” nomli qoʻshiq va unga ishlangan klipni e’lon qildi.

Bu bir oy avval premyera qilingan “Begonaga kelin boʻlding” klipining mantiqiy davomi hisoblanadi. Unda mashhur vaynerlar Xoliqjon va Axrorlar rol oʻynagan. Nilufar ismli qiz uni sevgan Xoliqjonga emas, boshqasiga turmushga chiqib ketadi. Ikkinchi qismda esa Xoliqjon aqldan ozib qoladi. Keyin nima boʻlishini esa klipda koʻrganingiz ma’qul.

Ijodkorlar bu kino-klipning davomi borligini aytmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling